Uzbekistan Airways Islomobodga yangi reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda Uzbekistan Airways Pokistondagi yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirmoqda. Lahorga parvozlar tiklangandan so‘ng, endi aviakompaniya 14-iyundan boshlab Toshkent – Islomobod – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaparvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda. Aviabiletlar allaqachon sotuvda! Pokiston – Uzbekistan Airways uchun ilk xalqaro yo‘nalishlardan biri bo‘lib, pandemiya tufayli vaqtincha to‘xtatilgan reyslar 2024-yil noyabrida Lahorga parvozlar bilan tiklangan edi. Endilikda esa bu yo‘nalish Islomobod orqali kengaymoqda. Yangi aviaqatnovlar har shanba kuni quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi (mahalliy vaqt bilan): Toshkentdan jo‘nab ketish: 08:50 Islomobodga yetib borish: 10:50 Islomoboddan jo‘nab ketish: 11:50 Toshkentga yetib borish: 13:50 Chipta narxlari: Bir tomonlama: 2 253 000 so‘mdan boshlab Ikki tomonlama: 4 676 000 so‘mdan boshlab Toshkent – Lahor – Toshkent reyslari esa chorshanba va juma kunlari mavjud. ???? Aviabiletlarni quyidagi manzillarda xarid qiling: gouzbekistan.com Uzbekistan Airways ilovasida Uzbekistan Airways savdo ofislarida Rasmiy agentlardan ...
BatafsilZomin – ulkan imkoniyatlarga ega jozibador turizm maskani

Info-tur ishtirokchilari “Zomin” turistik-rekreatsion zonasi faoliyati, turizm salohiyati, mavjud imkoniyatlari hamda kelgusida rejalashtirilayotgan xalqaro loyihalari bilan yaqindan tanishdilar.
Xususan, ikki kun davomida turoperatorlar va OAV vakillari Zomin aeroporti, “Zomin” turistik-rekreatsion zonasi hududida WYNDHAM brendi ostida faoliyat yuritayotgan zamonaviy mehmonxonalar, uzunligi 2600 metr bo‘lgan “Zomin Ropeway” osma dor yo‘li, “Zomin Wellness” sog‘lomlashtirish maskani, “shale” tipdagi uylar hamda uzunligi 305, balandligi 150 metr bo‘lgan, Markaziy Osiyodagi yagona “Baxt ko‘prigi” nomi bilan yuritiladigan osma ko‘prik faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar oldilar.
Ta’kidlash joizki, bugungi kunda Jizzax viloyati qulay geografik joylashuvi, tog‘lar, qir-adirliklar, ko‘l, go‘zal tabiati, me’moriy yodgorliklari, milliy taomlari bilan mahalliy va xorijiy turistlarni jalb etib, O‘zbekiston turizmini jadal rivojlanishi va tashrif buyurayotgan sayyohlar sonini ko‘paytirishga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.