Agar shahar shovqinidan charchagan bo‘lsangiz, sizni O‘zbekistonning eng osoyishta va go‘zal joylariga sayohatga chorlaymiz. Tog‘lar, tabiat bag‘ri, va toza havo – barchasi siz uchun! ...
BatafsilBuxoroda xalqaro mehmonlar uchun yangi turistik hudud ochiladi

Buxoro shahri turizmni rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi yirik loyihaga tayyorlanmoqda. Mahalliy va xalqaro sayyohlar uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lgan yangi turizm klasteri 2025-yilning oxirigacha foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.
Loyihada 20 dan ortiq zamonaviy mehmonxona, milliy va xalqaro oshxonalarni taklif qiluvchi restoranlar, hunarmandchilik do‘konlari, shuningdek, tarixiy yodgorliklarni o‘z ichiga olgan “ochiq osmon ostidagi muzey” zonasi rejalashtirilgan.
Ushbu loyiha Buxoroni Markaziy Osiyoning asosiy sayyohlik markaziga aylantirishga qaratilgan.
Ulashish