12 март 2025 33
O‘zbekiston turizm infratuzilmasini rivojlantirishni madaniy merosni asrab-avaylash bilan muvaffaqiyatli uyg‘unlashtirmoqda

Oʻzbekistonda turizm sohasida olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar va madaniy merosni saqlash borasida muhim tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda universitet rektori, Oʻzbekiston turizm brendi elchisi Eko Shri Margianti, Samarqanddagi “Buyuk Ipak yoʻli” Xalqaro turizm va madaniy meros universiteti professor-oʻqituvchilari, Indoneziyaning yetakchi ekspertlari, olimlar, taʼlim muassasalari va turizm tashkilotlari vakillari, mahalliy ommaviy axborot vositalari xodimlari, sanʼat arboblari va ijtimoiy tarmoq faollari ishtirok etdi.

Tadbir doirasida oʻtkazilgan “davra suhbati”da Ipak yoʻlidagi madaniy almashinuv masalalari, madaniy merosni asrab-avaylash, turizm sohasi uchun yangi kadrlarni tayyorlash, ilmiy tadqiqotlar olib borish, taʼlim dasturlarining xalqaro aloqalarni mustahkamlashdagi oʻrni va turizmni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Indoneziyalik soha vakillari Oʻzbekistonda turizm sohasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, islomiy ziyoratgohlar, mamlakatning zamonaviy qiyofasi, betakror tabiati, mehmondoʻstlik madaniyati, milliy urf-odat va anʼanalar haqida batafsil maʼlumotga ega boʻldilar.

Mutaxassislar madaniy turizm va tarixiy merosni muhofaza qilish sohasida yangi taʼlim dasturlarini ishlab chiqish zarurligini ta’kidladilar. Ipak yoʻli boʻylab madaniy almashinuvga oid ilmiy-tadqiqot dasturlari tarixni chuqur oʻrganish va madaniy xilma-xillikni ragʻbatlantirishga xizmat qilishini qayd etdilar.

Shuningdek, talabalar va oʻqituvchilar almashinuv dasturlari turli mamlakatlarning madaniy merosini chuqurroq oʻrganish imkonini berishi aytib oʻtildi. Bu kabi tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish zarurligi ta’kidlandi. Ipak yoʻli tarixi va madaniy merosiga bagʻishlangan onlayn kurslar tashkil etish orqali talabalarning bilimlarini oshirish, tarixiy vorislik va umumiy madaniy-maʼnaviy makon haqida tushunchalarini kengaytirish mumkinligi bildirildi.

IA "Dunyo" axborot agentligiga bergan intervyusida Gundarama universiteti rektori va Oʻzbekiston turizm brendi elchisi Eko Shri Margianti shunday dedi:

  • Mamlakatlar oʻrtasida koʻpriklar qurish tarix, madaniyat va xalq anʼanalarini chuqur anglash orqali amalga oshiriladi. Ishonchim komilki, turli davlatlarning madaniy muhitini oʻrganish imkonini beruvchi taʼlim almashinuv dasturlari oʻzaro hamkorlikni rivojlantirishda muhim omil boʻladi.

Madaniy turizm va tarixiy obidalarni saqlash sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga qaratilgan ta’lim dasturlarini rivojlantirish va zamonaviy onlayn kurslarni tashkil etish bugungi kunda bizning ustuvor vazifalarimizdan biridir. Turizm sohasini rivojlantirishning muhim jihatlaridan biri sayyohlar uchun qulay sharoitlar yaratishdir. Shu bois, mehmonxona infratuzilmasini rivojlantirish va xalqaro transport tizimini takomillashtirish katta ahamiyat kasb etadi.

Turizm infratuzilmasini rivojlantirish kabi yirik loyihalarni madaniy merosni asrab-avaylashga qaratilgan tashabbuslar bilan uygʻunlashtirish juda muhim. Oʻzbekiston oxirgi yillarda ziyorat turizmini rivojlantirish yoʻlida ulkan yutuqlarga erishdi. Albatta, bu yuksak natijalarning ortida mamlakat tarixiga, oʻtmishiga, milliy qadriyatlariga berilayotgan katta e’tibor yotadi.

Oʻzbekistonda tarixiy yodgorliklarni restavratsiya qilish, nodir qoʻlyozmalarni saqlash, koʻp asrlik meʼmoriy obidalarni asrab-avaylash, madaniy merosni ommalashtirish bilan bogʻliq barcha loyihalar davlat tomonidan moliyalashtiriladi va qoʻllab-quvvatlanadi.

Turizm sohasida olib borilayotgan izchil islohotlar natijasida Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi qadimiy shaharlar nafaqat musulmon dunyosi sayyohlari, balki gʻarb mamlakatlari vakillari uchun ham eng jozibador va talabgir turistik yoʻnalishlardan biri boʻlib qolmoqda

Ulashish

So'ngi Yangiliklar / Makolalar

Yangiliklar
30 апрел 2025 10

So‘nggi yillarda O‘zbekiston turizm sohasida katta yutuqlarga erishmoqda. Davlat tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar, qulay vizaviy tartiblar, yangi infratuzilma loyihalari va xalqaro hamkorlik sayyohlar oqimini sezilarli darajada oshirdi. 2025-yilning birinchi choragida O‘zbekistonga kelgan xorijiy sayyohlar soni o‘tgan yilga nisbatan 18 foizga oshdi. Bunga Tashkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarida zamonaviy mehmonxonalar, aeroportlar, temiryo‘l tarmoqlari va axborot markazlarining faoliyati katta hissa qo‘shmoqda. Shuningdek, ekoturizm, gastronomik turizm va ziyorat turizmi yo‘nalishlarida yangi marshrutlar ochilmoqda. O‘zbekiston turistik imkoniyatlarini targ‘ib qilish bo‘yicha Yevropa, Osiyo va Yaqin Sharq davlatlarida ko‘plab taqdimotlar va ko‘rgazmalar o‘tkazilmoqda. ...

Batafsil
Yangiliklar
22 апрел 2025 12

Parijda oʻtayotgan Raqamli ta’lim haftaligi doirasida Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi YUNESKO Bosh direktorining taʼlim boʻyicha yordamchisi Stefaniya Jannini bilan uchrashdi. Unda Oʻzbekiston va YUNESKO oʻrtasidagi raqamli taʼlim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. ...

Batafsil
Yangiliklar
19 апрел 2025 10

Samarqandda “Ipak yo‘li” turizm forumi bo‘lib o‘tdi 2025-yil aprel oyida tarixiy Samarqand shahrida navbatdagi “Ipak yo‘li” turizm forumi bo‘lib o‘tdi. Mazkur forum turizm sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, yangi loyihalarni muhokama qilish hamda investitsiyalarni jalb etish maqsadida tashkil etildi. Forumda 30 dan ortiq mamlakatlardan kelgan delegatlar, turizm sohasidagi yetakchi mutaxassislar, investorlar, sayyohlik kompaniyalari vakillari va OAV xodimlari ishtirok etdi. Tadbir davomida turizm infratuzilmasini rivojlantirish, madaniy meros obyektlarini asrab-avaylash va zamonaviy sayyohlik xizmatlarini yo‘lga qo‘yish mavzularida muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Forum doirasida ko‘plab ikki tomonlama uchrashuvlar, taqdimotlar, ko‘rgazmalar va madaniy tadbirlar tashkil etildi. “Ipak yo‘li” brendi ostida yangi turistik marshrutlar yaratish bo‘yicha hamkorlik memorandumlari imzolandi.   ...

Batafsil
girl

Ekskursiyani tanlashda yordam kerakmi?

Muammoni tanlashda muammo bormi?
Bizda ekskursiyani tanlashda yordam beradigan tajribali menejerlarimiz bor.

Telefon raqami
+998 (93) 963-00-00
Manzil
ул. Ислома Каримова 21, Бухара

Aloqa