12 март 2025 45
O'zbekiston sayyohlik salohiyati Berlin xalqaro turizm yarmarkasi namoyish etildi

Mamlakatimiz elchixonasi ko'magida O'zbekiston Turizm qo'mitasi tomonidan 150 kvadrat metrdan ortiq maydonda tashkil etilgan yurtimiz salohiyatiga bag'ishlangan milliy stend tashkil Unda "Sitara International", "Orient Mice", "Megatour", "Assalamtour", "Orient star", "Sezam travel", "People travel", "Central asia", "Zomin resort", "Anur tour", "Dolores Travel", "Olympic tour", "Asialuxe", "Rocket", "Antique travel", "Zomin Direksiya", "Zehin", "Sustainability" va boshqa sayyohlik kompaniyalarining turizm imkoniyatlari taqdim etildi.

Ishtirokchilar e’tiboriga O'zbekiston turistik salohiyatiga bag'ishlangan videoroliklar, suratlar, gastronomik va boshqa turli sayyohlik imkoniyatlari namoyish etildi. Ayniqsa, mamlakatimizdan kelgan san’at ustalari tomonidan taqdim etilgan madaniy dastur yarmarka tashkilotchilari va mehmonlarida juda katta taassurot qoldirdi.

Mazkur nufuzli xalqaro yarmarkada dunyoning 170 ta davlatidan 5 500 ta turizm, gastronomiya, logistika, turizm texnologiyalari kabi sohalarga ixtisoslashgan yirik kompaniya va firmalar, xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.  

Yarmarka davomida O'zbekiston milliy stendiga tashrif buyurgan berlinliklar va shahar mehmonlari hamda xorijiy turkompaniyalar vakillariga mamlakatimizning turistik salohiyati, mahalliy va xorijiy sayyohlar hamda sayyohlik kompaniyalari uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Anjuman doirasida "Trescher Verlag" noshirlik uyi muharriri, ko'plab sayyohlik qo'llanmalari muallifi Bodo Tyons tomonidan tayyorlangan O'zbekistonga bag'ishlangan risolaning taqdimoti o'tkazildi. 

Shuningdek, mamlakatimiz turkompaniyalari vakillari xorijiy hamkorlik bilan muzokaralar o'tkazdilar. Xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish va turizm oqimini oshirish maqsadida B2B shaklidagi uchrashuvlar ham uyushtirildi.

Xorijiy turoperatorlar va sayyohlik agentliklari bilan muzokaralar natijasida yangi hamkorlik kelishuvlari imzolandi. 

Viktoriya Nitsshe, "Sicher Reisen Nitzsche GmbH" kompaniyasi rahbari:

– Katta maydonda tashkil etilgan O'zbekiston stendida ko'plab sayyohlik firmalari tomonidan mamlakat turizm salohiyati namoyish etildi. Kompaniyamiz Bavariya federal o'lkasida joylashgan. 30 yildan buyon O'zbekiston bilan hamkorlikda ishlaymiz, turizm, biznes yo'nalishlarida sayohatlar tashkil etamiz. So'nggi yillarda nafaqat sayohatchilar, balki O'zbekistonga sarmoya kiritishga qiziqish bildirayotgan nemis kompaniyalari soni ham ortib bormoqda. Yurtingizni qadimiy shaharlari, noyob madaniyati va turli yo'nalishlarda, hattoki qishki sport turizmi imkoniyatlari nemis sayyohlari uchun juda qiziqarli bo'layotir. Ishonch bilan aytishim mumkinki, O'zbekiston turizm sohasida juda katta salohiyat va istiqbolga ega. 

 Mirko Novak, "LUNO" kompaniyasi raisi:

– Ikki yildirki, Berlin xalqaro turizm yarmarkasida O'zbekiston muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda. O'tgan yili O'zbekistonga bordim. Buxoro, Samarqand, Xiva kabi tarixiy shaharlar menda juda katta taassurot qoldirdi. 2004-yil Gamburg shahrida "Samarqand festivali"ni o'tkazishni rejalashtirgan edik, ayrim tashkiliy sabablarga ko'ra amalga oshmay qoldi. Bu festivalni joriy yil o'tkazish niyatidamiz. Nafaqat qadimiy shaharlarning noyob me’morchiligi, balki o'zbek xalqining mehmondo'stligi, an’analari yanada ko'proq tanishtirmoqchimiz. 

O'zim tadbirkorman. O'zbekiston biz uchun yangi bozor, yangi imkoniyatlardir. Ikki hafta oldin yurtingizda Transkaspiy xalqaro transport koridori yoki "O'rta transport koridori"ga bag'ishlangan tadbir o'tkazdik. Unda O'zbekiston haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etdik. Yevroosiyo va Markaziy Osiyo hamkorligi katta istiqbolga ega va biz bu ustida ishlayapmiz. Biz Germaniyada O'zbekistonni qancha ko'p tanitsak, shuncha ko'p nemislar O'zbekictonga boradi.

Daliya Altuntepe, "Nüma" nemis agentligi asoschisi va boshqaruvchisi:

– Berlin xalqaro turizm yarmarkasi butun dunyo turizm sanoati vakillariga mezbonlik qilmoqda. Bu yerda soha mutaxassislari, turizm kompaniyalari, sayyohlik agentlari ishtirok etyapti. O'zbekiston ham o'zining qiziqarli stendi bilan qatnashganidan mamnunmiz. Yaqin ikki-uch yilda O'zbekiston turizmiga bo'lgan talab keskin oshdi. Germaniyadan ko'proq turistlar oqimini jalb qilish maqsadida o'tgan yillarda O'zbekiston turizm qo'mitasi bilan birgalikda aniq yo'naltirilgan loyihalarni amalga oshirdik va bu o'z samarasini berdi. 

Germaniyalik turistlarga Markaziy Osiyo, xususan, O'zbekiston, kabi hali sayyohlar tomonidan to'liq kashf etilmagan mamlakatga sayohat qilish juda yoqadi. Shu sababli ham O'zbekiston juda muhim sayyohlik maskani sanaladi.

Ulashish

So'ngi Yangiliklar / Makolalar

Yangiliklar
02 июн 2025 4

Buxoroda yangi turizm klasteri ochilishi rejalashtirilmoqda. Loyihaga ko‘ra, mehmonxonalar, restoranlar, madaniy markazlar va qadimiy yodgorliklar zonasi yaratiladi.   ...

Batafsil
Makolalar
26 май 2025 5

O‘zbekistonda joylashgan eng qadimiy va tarixiy yodgorliklardan biri bu — Buxorodagi Ark qo‘rg‘onidir. Bu ulkan inshoot ming yillar davomida Buxoro amirlarining siyosiy va madaniy markazi bo‘lib xizmat qilgan. Bugungi kunda Ark nafaqat tarixiy obida, balki turistlar uchun diqqatga sazovor joy hamdir. Ark qo‘rg‘oni tarixi miloddan avvalgi davrlarga borib taqaladi. U dastlab tuproqdan qurilgan bo‘lib, keyinchalik mustahkam g‘ishtli devorlar bilan o‘ralgan. Ark Buxoro amirligi davrida amirlar saroyi, harbiy qarorgoh va davlat boshqaruvi markazi sifatida faoliyat yuritgan. Asosiy tarixiy faktlar: Ark 2 ming yildan ortiq tarixga ega. Buxoro amirlarining qarorgohi bo‘lgan. Ichida masjid, qamoqxona, sud binosi, kutubxona va amirning uy-joyi bo‘lgan. Ark qo‘rg‘oni me’morchiligi o‘ziga xos bo‘lib, qadimgi Sharq arxitekturasi an’analarini o‘zida mujassam etgan. Devorlari 20 metrgacha balandlikda, kirish eshigi esa monumental tarzda bezatilgan. Ichkarida Jome masjidi, qabulxonalar, kutubxona, me’moriy bezaklar, ganch o‘ymakorligi kabi ko‘plab qadimiy elementlar mavjud. ...

Batafsil
Makolalar
26 май 2025 4

Labi Hovuz — bu Buxoroning qadimiy markazida joylashgan, tarix va tinchlik uyg‘unlashgan ajoyib joydir. Bu yerda qadimiy madrasalar, xonaqoh, va hovuz atrofida barpo etilgan go‘zal manzara sizni sehrlab qo‘yadi. Bu maskan nafaqat mahalliy aholi, balki xorijlik sayyohlar uchun ham sevimli joy hisoblanadi. ...

Batafsil
Makolalar
26 май 2025 4

Buxoroning yuragida joylashgan Minorayi Kalon — bu nafaqat tarixiy obida, balki butun shahar timsoli hisoblanadi. Asrlar davomida bu minora shahar hayotining markazi bo‘lib kelgan. ...

Batafsil
girl

Ekskursiyani tanlashda yordam kerakmi?

Muammoni tanlashda muammo bormi?
Bizda ekskursiyani tanlashda yordam beradigan tajribali menejerlarimiz bor.

Telefon raqami
+998 (93) 963-00-00
Manzil
ул. Ислома Каримова 21, Бухара

Aloqa