Agar shahar shovqinidan charchagan bo‘lsangiz, sizni O‘zbekistonning eng osoyishta va go‘zal joylariga sayohatga chorlaymiz. Tog‘lar, tabiat bag‘ri, va toza havo – barchasi siz uchun! ...
BatafsilTarixiy rekord. Bir oy ichida O'zbekistonga milliondan ortiq xorijiy sayyoh tashrif buyurdi

Kelajakda xalqaro standartlarga javob beradigan xizmatlar doirasini kengaytirish, shuningdek, O‘zbekistonning jahon miqyosida raqobatbardosh va jozibador turistik yo‘nalish sifatidagi mavqeini mustahkamlash rejalashtirilgan. Buning uchun ekologik va barqaror turizmni qo‘llab-quvvatlash, xizmatlar sifatini hamda axborotga bo‘lgan ochiqlikni oshirish uchun zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish, mamlakatning betakror madaniy va tarixiy merosini faol targ‘ib qilish, shuningdek, turizm salohiyati yuqori bo‘lgan hududlarda infratuzilmani rivojlantirish ko‘zda tutilgan. Ayniqsa, ekoturizm uchun sharoit yaratish – tabiat boyliklarini asrash, yashil hududlar va ekologik toza marshrutlarni rivojlantirish, sayyohlarning barqaror sayohat tamoyillari bo‘yicha xabardorligini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.