So‘nggi yillarda O‘zbekiston turizm sohasida katta yutuqlarga erishmoqda. Davlat tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar, qulay vizaviy tartiblar, yangi infratuzilma loyihalari va xalqaro hamkorlik sayyohlar oqimini sezilarli darajada oshirdi. 2025-yilning birinchi choragida O‘zbekistonga kelgan xorijiy sayyohlar soni o‘tgan yilga nisbatan 18 foizga oshdi. Bunga Tashkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarida zamonaviy mehmonxonalar, aeroportlar, temiryo‘l tarmoqlari va axborot markazlarining faoliyati katta hissa qo‘shmoqda. Shuningdek, ekoturizm, gastronomik turizm va ziyorat turizmi yo‘nalishlarida yangi marshrutlar ochilmoqda. O‘zbekiston turistik imkoniyatlarini targ‘ib qilish bo‘yicha Yevropa, Osiyo va Yaqin Sharq davlatlarida ko‘plab taqdimotlar va ko‘rgazmalar o‘tkazilmoqda. ...
BatafsilO‘zbekiston Xitoyda madaniy hordiq chiqarish bo‘yicha eng yaxshi turistik yo‘nalish sifatida e’tirof etildi.

"Travel & Leisure" nashri tomonidan tashkil etilgan tadbirda xorijiy diplomatik korpus vakillari, turizm sohasi mutaxassislari va Xitoy ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi.
Nashr bosh muharriri va asoschisi Syao Yan o‘z chiqishida O‘zbekiston turizm sohasida ulkan salohiyatga ega ekanini va mamlakat sayyohlar uchun eng qulay joylardan biri ekanini ta’kidladi. "O‘zbekiston noyob arxitekturasi, tarixiy obidalari va sayyohlik imkoniyatlari bilan har yili butun dunyodan millionlab sayyohlarni faol jalb qilmoqda. So‘nggi yillarda O‘zbekistonga sayohat qilishni xohlovchi xitoylik sayyohlar soni ham ortib borayotgani e’tiborlidir", dedi u.
Tadbir ishtirokchilari O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan ham tanishdilar. Davlatimiz rahbariyati tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibor tufayli mamlakatimizda turizmning yangi yo‘nalishlari rivojlanib, infratuzilma yaxshilanayotgani, O‘zbekiston sayyohlik markazi sifatida e’tirof etilayotgani qayd etildi.
2025-yil Xitoyda "O‘zbekiston Turizm yili" deb e’lon qilingani va ushbu yil doirasida mamlakatning turli shaharlarida madaniy tadbirlar o‘tkazilayotgani ta’kidlandi. Ma’lum qilinishicha, xitoylik sayyohlarning O‘zbekistonga oqimini ko‘paytirish maqsadida ikki davlat o‘rtasidagi havo qatnovlari soni ikki barobarga oshirildi.
Shuningdek, 2025-yilda YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi 1985-yildan buyon ilk bor Parijdan tashqarida, ya’ni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tishiga urg‘u berildi.