Uzbekistan Airways Islomobodga yangi reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda Uzbekistan Airways Pokistondagi yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirmoqda. Lahorga parvozlar tiklangandan so‘ng, endi aviakompaniya 14-iyundan boshlab Toshkent – Islomobod – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaparvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda. Aviabiletlar allaqachon sotuvda! Pokiston – Uzbekistan Airways uchun ilk xalqaro yo‘nalishlardan biri bo‘lib, pandemiya tufayli vaqtincha to‘xtatilgan reyslar 2024-yil noyabrida Lahorga parvozlar bilan tiklangan edi. Endilikda esa bu yo‘nalish Islomobod orqali kengaymoqda. Yangi aviaqatnovlar har shanba kuni quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi (mahalliy vaqt bilan): Toshkentdan jo‘nab ketish: 08:50 Islomobodga yetib borish: 10:50 Islomoboddan jo‘nab ketish: 11:50 Toshkentga yetib borish: 13:50 Chipta narxlari: Bir tomonlama: 2 253 000 so‘mdan boshlab Ikki tomonlama: 4 676 000 so‘mdan boshlab Toshkent – Lahor – Toshkent reyslari esa chorshanba va juma kunlari mavjud. ???? Aviabiletlarni quyidagi manzillarda xarid qiling: gouzbekistan.com Uzbekistan Airways ilovasida Uzbekistan Airways savdo ofislarida Rasmiy agentlardan ...
BatafsilXiva – Jonli muzey shahar

Ichon-Qal’ada ko‘plab hunarmandchilik ustaxonalari mavjud. Sayyohlar bu yerda yog‘och o‘ymakorligi, gilamdo‘zlik, kulolchilik, misgarlik kabi an’anaviy san’at turlarini kuzatishlari va mahsulotlar xarid qilishlari mumkin.
Xiva — bu jonli muzey, tarix, madaniyat va me’morchilik uyg‘unligining namunasi. Bu shaharni ziyorat qilgan inson, albatta, unutilmas taassurotlar bilan qaytadi.
Ulashish