Uzbekistan Airways Islomobodga yangi reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda Uzbekistan Airways Pokistondagi yo‘nalishlar tarmog‘ini kengaytirmoqda. Lahorga parvozlar tiklangandan so‘ng, endi aviakompaniya 14-iyundan boshlab Toshkent – Islomobod – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaparvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda. Aviabiletlar allaqachon sotuvda! Pokiston – Uzbekistan Airways uchun ilk xalqaro yo‘nalishlardan biri bo‘lib, pandemiya tufayli vaqtincha to‘xtatilgan reyslar 2024-yil noyabrida Lahorga parvozlar bilan tiklangan edi. Endilikda esa bu yo‘nalish Islomobod orqali kengaymoqda. Yangi aviaqatnovlar har shanba kuni quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi (mahalliy vaqt bilan): Toshkentdan jo‘nab ketish: 08:50 Islomobodga yetib borish: 10:50 Islomoboddan jo‘nab ketish: 11:50 Toshkentga yetib borish: 13:50 Chipta narxlari: Bir tomonlama: 2 253 000 so‘mdan boshlab Ikki tomonlama: 4 676 000 so‘mdan boshlab Toshkent – Lahor – Toshkent reyslari esa chorshanba va juma kunlari mavjud. ???? Aviabiletlarni quyidagi manzillarda xarid qiling: gouzbekistan.com Uzbekistan Airways ilovasida Uzbekistan Airways savdo ofislarida Rasmiy agentlardan ...
BatafsilSamarqand – Buyuk Amir Temur shahrining durdonasi

Ulug‘bek rasadxonasi — 15-asrda Ulug‘bek tomonidan qurilgan bo‘lib, bu yerda dunyodagi eng aniq astronomik kuzatuvlar olib borilgan. Bu ilmiy markaz o‘z davrida fan rivojiga katta hissa qo‘shgan.
Samarqanddagi har bir tosh, har bir ko‘cha tarixdan so‘zlaydi. Shaharda qadimiy hunarmandchilik, milliy taomlar (masalan, tandir go‘sht, norin, halim) va mehmondo‘stlik madaniyati saqlanib qolgan. Samarqand — bu tarix va zamonaviylik uyg‘unligidir.
Ulashish